Перейти к основному содержимому

Servislar

"Monitoring" xizmati nima?​

"Kirim-chiqim" ("Monitoring") xizmati sizga Payme tizimidan tashqaridagi, terminallarda va boshqa to'lov xizmatlarida amalga oshirilgan to'lovlar kvitansiyalarini ko'rish imkonini beradi.

YHXBB jarimalari xizmati nima?​

Yo'l harakati xavsizligi bosh boshqarmasi jarimalari to'g'risidagi bildirishnomalarga obuna bo'lish orqali, agar siz yo'l harakati qoidalarini buzsangiz, sizning jarimangiz, uning miqdori to'g'risida sizning kartangizdan onlayn to'lash imkoniyati bilan SMS-xabar olasiz.

"Mening uyim" xizmati.​

"Mening uyim" xizmati - sizning uyingiz uchun barcha to'lovlar bir joyda. Balansni kuzatishingiz, kerakli toifadagi xizmatlarni tanlash orqali hisobingizni to'ldirishingiz mumkin.

To'lov monitoringini qanday yoqish / o'chirish mumkin?​

Asosiy sahifada "Xizmatlar" bo'limi mavjud. Ushbu bo'limda siz "Kirim-chiqim" xizmatini yoqishingiz va o'chirib qo'yishingiz mumkin.

Nega Monitoringda to'lovlarni yashirish funktsiyasi mavjud emas?​

Xavfsizlik sababli bu xususiyat qo'shilmaydi.

Nima uchun tushumlar monitoringda ko'rinmaydi?​

Kirim-chiqim Payme to'lov xizmati orqali amalga oshirilgan barcha to'lovlarni aks ettiradi. Tashqi tushumlar va xarajatlarni aks ettirish uchun "Kirim-chiqim" ("Monitoring") xizmatini ulash lozim.