Перейти к основному содержимому

Ilovani o’rnatish

Android

  1. Google Play dan ilovani o’rnating. Ilovani oching va kerakli tilni tanlang. Agar telefonga “Rossiya” yoki “Qozog’iston” mintaqasi o’rnatilgan bo’lsa, ilova Rossiya Google Play dan o’rnatiladi.

  2. Mobil telefoningiz raqamini kiriting va “Ro’yxatdan o’tish” tugmasini bosing.

  3. Parolni o’ylab toping va kiriting. “Tayyor” tugmasini bosing — Payme sizning raqamingizga sms orqali tekshiruv kodini yuboradi.

  4. Sms xabardagi tekshiruv kodini kiriting va “Tayyor” tugmasini bosing.

  5. Agar ilovaga kirganingizda har gal parolni kiritishni istamasangiz, PIN-kod ni o’rnating. PIN-kod o’rnatshni o’tkazib yuborib, ro’yxatdan o’tgandan so’ng ilovaning sozlamalarida PIN-kod ni o’rnatishingiz mumkin.

  6. Plastik kartangizni qo’shing va “Tayyor” tugmasini bosing. Agar kartangiz yoningizda bo’lmasa, kartani ro’yxatdan o’tgandan so’ng qo’shishingiz mumkin.

iOS

  1. App Store dan ilovani o’rnating. Ilovani oching va kerakli tilni tanlang. Agar telefonga “Rossiya” yoki “Qozog’iston” mintaqasi o’rnatilgan bo’lsa, ilova Rossiya App Store dan o’rnatiladi.

  2. Mobil telefoningiz raqamini kiriting va “Ro’yxatdan o’tish” tugmasini bosing.

  3. Parolni o’ylab toping va uni ikki marotaba kiriting. “Tayyor” tugmasini bosing — Payme sizning raqamingizga sms orqali tekshiruv kodini yuboradi.

  4. Sms dagi tekshiruv kodini kiriting va “Tayyor” tugmasini bosing.

  5. PIN-kod O’rnating va uni tasdiqlang. PIN-kod tasdiqlagandan so’ng “Tayyor” tugmasini bosing.

  6. Agar ilovaga barmoq izi yordamida kirishni istasangiz— o’zgartirgichni “Barmoq izi yordamida kirish” ga o’tkazing.

  7. Shaхsiy ma’lumotlaringizni kiriting. Kelajakda Payme ga kirish uchun telefon raqamingizni o’zgartirish niyatingiz bo’lsa bu ma’lumotlar talab etiladi. Shaxsiy ma’lumotlar to’ldirilmagan akkauntlarda Payme ga kirish uchun telefon raqamini o’zgartirib bo’lmaydi.

  8. Ilovaga kartani qo’shing. Agar karta yoningizda bo’lmasa, kartani Ro’yxatdan o’tgandan so’ng qo’shish mumkin.