Payme CARD - elektron hamyon

Payme CARD ni qanday qilib blokdan chiqarish mumkin?

Payme CARD elektron hamyonini yaratishda sizga elektron hamyonni ochish uchun parol bilan SMS-xabar keladi. Siz ushbu xabarni saqlashingiz kerak. Payme CARD elektron hamyonini blokirovka qilishning eng keng tarqalgan sababi - bu Payme akkauntining parolini tiklashdir. Agar Payme CARD-ni tiklash uchun parol yo'qolsa, siz Payme qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishingiz kerak.

Identifikatsiya uchun ID karta skaneri qachon paydo bo'ladi?

Biz buning ustida ishlayapmiz.

Qanday qilib identifikatsiyadan o‘tish mumkin?

"Sozlamalar" - "Profil" bo'limiga o'ting, "Identifikatsiyadan o’tish" bo’limi tanlang.

Agar menda karta bo'lmasa, Payme Card ni qanday to'ldirish mumkin?

Payme CARD elektron hamyonini har qanday UZCARD va Humo kartalaridan Payme ilovasi orqali to'ldirish mumkin. Bundan tashqari, to'ldirish ba'zi bankomatlar va bank kassalari orqali ishlaydi. Biz hamyonni to'ldirish punktlari tarmog'ini kengaytirish ustida ish olib boramiz, ilova va ijtimoiy tarmoqlardagi yangiliklarni kuzating.

Payme Card dan naqd pulni qanday qilib yechib olishim mumkin?

Xozirgi paytda bunday imkoniyat yo'q, kelajakda paydo bo'ladi.