Перейти к основному содержимому

Kredit qarzlarni so’ndirish

Kreditlar bo‘yicha muddat o‘tkazib yuborilishining har 10 tadan yettitasi esdan chiqishi sababli ro‘y beradi. Odatda bunday qarzlar tezda so‘ndiriladi. Lekin qarzdorlik summasi arzimas bo‘lsa ham, odamlar foizlardan g‘azablanib, bankdan qochib yuradilar. Qarz esa, o‘zidan o‘zi so‘rilib ketmaydi. U o‘saveradi, qancha uzoq cho‘zilsa, to‘lash shuncha qiyinlashadi.

Bankka o‘zingiz imkon qadar tezroq qo‘ng‘iroq qiling. "To‘lashni unutibman" deya aybni tan oling va minimal foizli to‘lovni o‘tkazing. Tushunmovchilik sababli unutgan bo‘lsangiz, bu haqda ochiq aytishingizga hyech kim to‘sqinlik qilmaydi, shunda, masalan, hisoblangan jarimaning bir qismidan voz kechishni so‘rash ham mumkin bo‘ladi. Hammasi sizning kelisha olish mahoratingizga va muddatning qanchalik cho‘zilganiga bog‘liq.

Payme orqali UZCARD Online yordamida bank kreditlari va maishiy texnika uchun kreditlarni to‘lash mumkin.

Agar kartada mablag‘ yetarli bo‘lmasa, kredit bo‘yicha to‘lovni do‘stlar yoki yaqinlarga yuborish ham mumkin.