Hato o’tkazmani yuboruvchiga qaytarish

Android

  1. Ilovaning bosh ekranida “To’lovlar monitoringi” tugmasini bosing.

  2. Monitoringda “Tushumlar” ilovasiga bosing.

  3. Hato o’tkazma chekiga bosing — batafsil ma’lumotli chek paydo bo’ladi.

  4. Batafsil ma’lumotli chekda “Qaytarish” tugmasini bosing — Payme o’tkazma uchun yangi chekni yaratadi.

  5. Yangi chekda “Yuborish” tugmasini bosing — Payme yuboruvchiga o’tkazmani qaytaradi va to’lovlar monitoringida chekni saqlab qo’yadi.