Перейти к основному содержимому

Plastik kartadan xavfsiz foydalanish

  1. Bankda yangi karta olganingizda uning PIN-kodi (paroli)ni o‘zgartirib oling va yodlab qolishga harakat qiling. Agar PIN-kodni yozib qo‘ymoqchi bo‘lsangiz – bu PIN-kod raqami ekanligini aslo yozmang. PIN-kodni kartaning o‘ziga yozmang. PIN-kod uchun plastik karta raqamidagi sonlar ketma-ketligidan foydalanmang.

  2. Plastik kartani naqd pul va hujjatlardan alohida saqlang – shunda plastik karta o‘g‘rilanishi ehtimolini kamaytirasiz.

  3. Do‘konlar, bank, savdo nuqtalarida kartani sotuvchi yoki kassirdan o‘zga hyech kimga bermang. Sotuvchi yoki kassir sizga aynan o‘zingizning kartangizni qaytarganligiga amin bo‘ling.

  4. Kartani yo‘qotib qo‘ysangiz, xizmat ko‘rsatuvchi bankda yo‘qotilgan plastik kartani bloklash uchun ariza bering yoki kartani Payme ilovasida bloklang. Shu tariqa siz pullaringizni asrab qolasiz – hyech kim ularni sarflay yoki boshqa kartaga o‘tkaza olmaydi. Kartani blokdan chiqarish uchun kartani muomalaga chiqargan bankning istalgan filialiga murojaat qiling.