Перейти к основному содержимому

SMS-xabarnoma qanday yoqiladi

SMS-xabarnoma istalgan terminal, bankomat yoki infokioskda yoqiladi.

SMS-xabarnoma infokioskda yoqish uchun:

  1. Kartani karta qabul qilgichga tiqing va tilni tanlang.

  1. Plastik karta PIN-kodini kiriting.

  1. Asosiy menyuda "SMS-xabarnoma" xizmatini tanlang.

  1. "SMS-xabarnoma" xizmatini yoqing.

  1. SMS-xabarlar keladigan telefon raqamini xalqaro formatda, "+" belgisisiz ko‘rsating va "Davomi" tugmasini bosing – tizim xizmat yoqilgan yoki yoqilmaganligini ko‘rsatadi.

UZCARD va HUMO bank kartasi orqali amalga oshirilgan to'lovlar, karta balansi to'ldirilganligi va kartada qolgan pul mablag'lari to'g'risida "UZCARD va HUMO SMS xabarnoma" xizmati narxi 84,2 so'mni tashkil qiladi va to'lov SMS- xizmat ko'rsatuvchi provayder tomonidan to'g'ridan-to'g'ri mobil raqam hisobidan yechib olinadi.

Payme to'lov servisida amalga oshirilgan operatsiyalarni tasdiqlash uchun SMS xabarlar bepul.