Перейти к основному содержимому

Plastik kartalar

Payme‘da SMS-xabarnoma xizmatlari yoqilgan UZCARD Online kartalaridan foydalaniladi. Kartaga SMS-xabarnoma bepul ravishda bankda infokioskda yoqish mumkin.

Kartani Payme ro‘yxatga olish jarayonida va ro‘yxatdan keyin qo‘shish mumkin. Yana Payme‘ga bir nechta plastik kartalar qo‘shish mumkin. Har bir kartaga nom berib, karta uchun dizayn tanlash imkoniyati ham mavjud. Karta nomi va dizaynini o‘zgartirish mumkin.

Payme‘da to‘lov va o‘tkazmalar uchun pul asosiy plastik kartadan yechiladi. Payme‘da asosiy karta deb birinchi qo‘shilgan karta sanaladi. Agar zarur bo‘lsa, istalgan boshqa qo‘shilgan kartani asosiy karta sifatida belgilash mumkin.

Boshqa SMS-xabarnoma raqami yoqilgan plastik kartadan ilovada foydalanish uchun kartani faollashtirish kerak. Faollashtirish kodi kartaga SMS-xabarnoma xizmati yoqilganda ko‘rsatilgan telefonga keladi.

Faollashtirilgan karta orqali amalga oshirilgan har bir to‘lov yoki o‘tkazmani tekshiruv kodi bilan tasdiqlash zarur. SMS-xabarnoma shaklidagi kod SMS-xabarnoma xizmati yoqilganda ko‘rsatilgan telefonga keladi

Agar karta yo‘qotilsa, kartadagi pullarni asrash uchun, kartani ilova orqali bloklash mumkin. Kartani faqat kartani muomalaga chiqargan bankda blokdan chiqarish mumikn bo‘ladi. Bankda pasportni taqdim eting. Pasportsiz plastik karta egasi ekanligingizni isbotlay olmaysiz.