To‘lovlar monitoringi

Payme‘da to‘lovlar monitoringi deb ham bo‘lim, ham xizmat nomlanadi:

  • "To‘lovlar monitoringi" bo‘limida to‘lovlar, o‘tkazmalar va tushumlar tarixi saqlanadi.

  • "To‘lovlar monitoringi" xizmati monitoringda oddiy terminallar va boshqa to‘lov servislaridagi to‘lovlar cheklarini ko‘rib chiqish imkonini beradi.

"To‘lovlar monitoringi" xizmati – pullik. Xizmat haqi asosiy kartadan, dastlab xizmat yoqilishi bilan, keyin oyda 1 marta, oyning 1- sanasida yechib olinadi.

To‘lovlar monitoringida chekni izlash uchun filtrdan foydalaniladi. Filtrda chekni sana, karta va toifa bo‘yicha topish mumkin.

Payme xarajatlar va tushumlar hajmini yaqqol ko‘rsatish uchun toifalardan foydalanadi. Ilovadagi to‘lov cheklariga toifani Payme qo‘shadi. Odatiy terminallardagi to‘lov cheklarida toifa qo‘lda kiritiladi.