Перейти к основному содержимому

Servis to‘g‘risida

Plastik kartalar

Payme‘da SMS-xabarnoma xizmatiga ulangan plastik kartalardan foydalaniladi. SMS-xabarnoma bepul ravishda, istalgan bank yoki infokioskda ulanadi.

Agar UZCARD Online plastik kartalaringiz bir nechta bo‘lsa, siz ilovaga barcha kartalaringizni qo‘shishingiz, har biriga alohida nom berib, dizaynini tanlashingiz mumkin. Agar karta yuqolib qolsa, ilovada uni bloklash ham mumkin. Bu orqali kartadagi pulingizni asraysiz.

Pul o‘tkazmalari

Payme‘da pul kartadan kartaga bir lahzada o‘tadi. O‘tkazma qabul qiluvchining karta raqamini har gal takroran kiritib o‘tirmaslik uchun Payme‘da o‘tkazma qabul qiluvchining ism-sharifini saqlab qo‘yish mumkin – keyingi gal qabul qiluvchi ismini tanlasangiz, bas.

Agar to‘lov uchun kartada pul yetarli bo‘lmasa, Payme orqali pul o‘tkazishni so‘rashingiz va bexavf to‘lovga havolani istalgan messenjerdan yuborishingiz mumkin.

To‘lovlar

Payme orqali bank kreditlarini, maishiy texnika uchun kreditlarni, YHXBB jarimalarini, soliqlar va yig‘imlarni, byudjet tashkilotlari xizmatlari, elektr, gaz, internet va boshqa ko‘plab xizmatlar haqlarini to‘lash mumkin.

Payme to‘lovlari chek bilan tasdiqlanadi. Payme cheklarni "To‘lovlar monitoringi"da saqlaydi. Monitoringdagi chek bo‘yicha to‘lovni takrorlash va saralanganlar sahifasiga kiritib qo‘yish mumkin. Chekning o‘zini telefonda va Google Diskda saqlash imkoniyati ham bor.

"Joyida" to‘lash

"Joyida" to‘lash – Android va iOS uchun mo‘ljallangan Payme mobil ilovasi yordamida tovarlar va xizmatlar haqin to‘lashning muqobil usulidir.

"Joyida to‘lash" muassasalarida Payme QR-kod yoki NFC-belgi bo‘yicha ilova orqali xizmatlar haqini to‘lash va xaridlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Maxfiylik siyosati

Ommaviy oferta