Перейти к основному содержимому

Servislar

"Monitoring" xizmati nima?

"Kirim-chiqim" ("Monitoring") xizmati sizga Payme tizimidan tashqaridagi, terminallarda va boshqa to'lov xizmatlarida amalga oshirilgan to'lovlar kvitansiyalarini ko'rish imkonini beradi.

YHXBB jarimalari xizmati nima?

Yo'l harakati xavsizligi bosh boshqarmasi jarimalari to'g'risidagi bildirishnomalarga obuna bo'lish orqali, agar siz yo'l harakati qoidalarini buzsangiz, sizning jarimangiz, uning miqdori to'g'risida sizning kartangizdan onlayn to'lash imkoniyati bilan SMS-xabar olasiz.

"Mening uyim" xizmati.

"Mening uyim" xizmati - sizning uyingiz uchun barcha to'lovlar bir joyda. Balansni kuzatishingiz, kerakli toifadagi xizmatlarni tanlash orqali hisobingizni to'ldirishingiz mumkin.

To'lov monitoringini qanday yoqish / o'chirish mumkin?

Asosiy sahifada "Xizmatlar" bo'limi mavjud. Ushbu bo'limda siz "Kirim-chiqim" xizmatini yoqishingiz va o'chirib qo'yishingiz mumkin.

Nega Monitoringda to'lovlarni yashirish funktsiyasi mavjud emas?

Xavfsizlik sababli bu xususiyat qo'shilmaydi.

Nima uchun tushumlar monitoringda ko'rinmaydi?

Kirim-chiqim Payme to'lov xizmati orqali amalga oshirilgan barcha to'lovlarni aks ettiradi. Tashqi tushumlar va xarajatlarni aks ettirish uchun "Kirim-chiqim" ("Monitoring") xizmatini ulash lozim.